09:50 / 14.08.2017
8481

Qirg‘iziston bilan chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasi muhokama qilindi

2017 yilning 5-13 avgust kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi va muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda chegara chizig‘ining pozitsiyalar mos kelgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi va topografik-geodezik ishlar o‘tkazildi.

Birgalikdagi ishlar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi. 

Mavzuga oid
Top