19:54 / 14.08.2017
10793

Koson tumanida 14 tup nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 10 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Koson tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan 14 tup nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Kun.uz’ga xabar bermoqda.

2017 yilning 10 avgust kuni Koson tumani Darcha qishlog‘ida yashovchi, 1962 y.t. R.O.ning uyidan 14 tup yashil bargli, o‘tkir hidli o‘simlik xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olinib, ushbu holat yuzasidan tayinlangan viloyat sud-kimyoviy ekspertizasining 2017 yil 11 avgustdagi xulosasiga ko‘ra, bu “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi hamda uning sof og‘irligi 6613 grammga tengligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan joriy yilning 13 avgust kuni fuqaro R.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top