Markaziy bank raisiga Saidkamol Xo‘jayev o‘rniga yangi o‘rinbosar tayinlandi. «Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, Botir Erkinovich Zohidov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
U valyuta ayirboshlash va konversion operatsiyalar maxsus boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Saidkamol Xo‘jayev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan va ko‘p o‘tmasdan «Agrobank»ka rahbar etib tayinlangandi.