00:19 / 14.08.2017
10480

RFPL. Vagiz Galiulin to‘liq o‘ynagan o‘yinda «Tosno» sensatsiya qayd etdi

Rossiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda peshqadamlardan biri bo‘lib turgan Moskvaning «Lokomotiv» klubi o‘z uyida Leningradning «Tosno» klubini qabul qildi.

Uchrashuvda kutilmaganda mehmonlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Avvaliga Chernov hisobni ochgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda «Lokomotiv» butun jamoa bo‘lib hujumga o‘tib ketganidan foydalangan Zabolotniy farqni ikkitaga oshirdi va «Lokomotiv»ning chempionatdagi ilk mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Vagiz Galiulin to‘liq to‘qson daqiqa harakat qildi. Qiziq tomoni, uchrashuvda Vagiz o‘ng qanot himoyachisi vazifasini bajardi.

Rossiya Premer-ligasi, 6-tur

Lokomotiv – Tosno 0:2 (0:0)

Gollar: Chernov (51), Zabolotniy (90+5).
Lokomotiv: Gilerme, Ignatev (Koryan, 88), Kverkveliya, Peychinovich, Ribus, Tarasov, Denisov, Miranchuk (Galadjan, 81), Fernandesh, Kasayev (Mixalik, 46), Miranchuk.

Tosno: Yurchenko, Shaxov, Dugalich, Chernov, Muxametshin (Kazayev, 74), Karnitskiy, Vagiz Galiulin, Nunu Rosha, Melkadze (Troshechkin, 84), Markov (Mirzov, 55), Zabolotniy.

Ogohlantirishlar: Shaxov (34), Ribus (37), Melkadze (38), VagiDugalich (86), Yurchenko (90).

SKA Xabarovsk – Rubin 1:1 (0:0)

Gollar: Xristov (82) – Tsaktash (90).
SKA Xabarovsk: Dovbnya, Ediyev, Putsko, Dimidko, Nikiforov (Cherevko, 72), Balyaykin, Dedechko, Fedotov (Xristov, 76), Navalovskiy, Gabulov (Kazankov, 65), Markovich.

Rubin: Rijikov, Kudryashov, Granat, Sorokin (Song, 87), Bauer, Rochina (Tsaktash, 71), Mvila, Ozdoyev, Nabiullin, Karadeniz, Jyemaletdinov (Azmun, 68).
Ogohlantirishlar: Bauer (75), Dedechko (79), Kazankov (90).

Mavzuga oid
Top