12:43 / 14.08.2017
10399

Janubiy Koreya prezidenti: Yangi urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

Foto: AFP

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning dushanba kuni ma'lum qilishicha, Koreya yarim orolida yangi urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. U AQSh bilan alyansning muhimligini alohida qayd etgan, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi.

"Koreya yarim orolida yana bir urush ro‘y berishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deya davlat rahbarining so‘zlarini keltiradi agentlik. Mun Chje Inning ta'kidlashicha, Amerika-Janubiy Koreya alyansi “tinchlikni himoya qilishga” yo‘naltirilgan.

Avvalroq KXDR hukumati Pxenyanga o‘z elchilarini favqulodda chaqirgani xabar berilgandi.

Top