09:18 / 15.08.2017
39143

Dunyoning eng yaxshi universiteti nomi ma'lum qilindi

Foto: CNBC

Academic Ranking of World Universities xalqaro reytingi dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini e'lon qildi

Ro‘yxatda jahonning eng yaxshi 500 ta oliy o‘quv dargohi nomi qayd etilgan. 

Tadqiqotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilda dunyoning eng yaxshi universiteti deb Harvard (Harvard University - AQSh) tan olindi. Ikkinchi o‘rinda Stenford (Stanford University - AQSh) qayd etilgan bo‘lsa, Kembrij universiteti (University of Cambridge – Buyuk Britaniya) uchinchi pog‘onani egalladi. 

Shuningdek, Top-10likdan Massachusets texnologiyalar universiteti (Massachusetts Institute of Technology (MIT) - AQSh), Byorklidagi Kaliforniya universiteti (University of California, Berkeley - AQSh), Prinston universiteti (Princeton University - AQSh), Oksford universiteti (University of Oxford – Buyuk Britaniya), Kolumbiya universiteti (Columbia University - AQSh), Kaliforniya texnologiyalar instituti (California Institute of Technology - AQSh) va Chikago universiteti (University of Chicago - AQSh) joy olgan.

Dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti ro‘yxatida O‘zbekistondan bironta ham OTM yo‘q.

Mavzuga oid
Top