10:45 / 15.08.2017
5094

Intel bosh direktori Oq uydagi sanoat kengashini tark etdi

Intel kompaniyasi bosh direktori Brayan Krzanichning ma'lum qilishicha, u Amerika sanoat kengashi – Oq uy huzuridagi maslahat kengashini tark etmoqda. U bu haqda o‘z blogida yozgan.

Krzanichning so‘zlariga ko‘ra, uning ketishi mamlakatdagi keskin siyosiy vaziyat bilan bog‘liq. Buning natijasida sanoat ishlab chiqarilishi hajmi pasayishi mumkin.

«Men iste'foga chiqdim, sababi muvaffaqiyatga erishmoqchiman. Vashingtondagi ko‘plar bu vaqt ichida, aftidan, o‘zlarining fikriga qo‘shilmaydiganlarga hujum qilishdan ko‘proq manfaatdor», - deya yozgan Intel rahbari.

Top