Iroq IShID terrorchilik guruhi nazorati ostida bo‘lgan Tall-Afor shahrini bombardimon qilishni boshladi. Bu haqda Reuters Al Sumaria telekanaliga asosan xabar qilmoqda.
Iroq mudofaa vazirligi vakilining telekanalga xabar berishicha, shaharda yer usti amaliyoti bombardimon tugashi bilan boshlanadi.
Tall-Afor Mo‘suldan 80 kilometr g‘arbda joylashgan. Ta'kidlanishicha, u Iroq armiyasining mamlakatni IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha amaliyotida navbatdagi nishonga aylandi.
Avvalroq Rossiya Iroqqa T-90 tanklarini yetkazib berishni boshlashi xabar berilgandi.











