16:17 / 15.08.2017
14636

Istanbuldagi uy tomidan noma'lum erkak o‘q uzmoqda

Qurollangan kishi Istanbul shahridagi turar-joy binosining tomidan turib, atrofga o‘q uzmoqda. Bu haqida IHA agentligi xabar berdi

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Esenyurt tumanidagi turar-joy tomiga chiqib olgan erkak atrofdagi hududga qarata o‘q uzmoqda. Agentlik chop etgan suratda o‘rta yoshlardagi soqolli erkak yelkasiga miltiq osgancha uyning tomida turibdi. 

Manbaga ko‘ra, o‘qlar hozircha bir necha avtomobilga ziyon yetkazgan, lekin odamlar jarohat olmagan. 

Erkakni tomdan tushish va o‘q uzishni bas qilishga ko‘ndirishga urinishmoqda, deyiladi agentlik xabarida. 

Mavzuga oid
Top