15:29 / 15.08.2017
4262

Mirobod tumanida talonchi ushlandi

2017 yilning 10 avgust kuni taxminan soat 13:30 larda Raimjon Djumatayev o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida Mirobod tumani hududida fuqaro Nodirbek Egamberdiyevning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan 1.750.000 so‘m va 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarini egallab olgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top