Prezident qaroriga muvofiq Toşkent viloyati, Çirçiq şahrida yangidan taşkil etilgan Çirçiq davlat pedagogika institutida joriy yil 20ta ta'lim yönalişi böyiça 750 nafar talaba qabul qilinişi belgilangan edi. Bu haqda Kun.uz'ga xabar bergan Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati talabalikka quyidagi tavsifga mos keladigan abituriyentlar qabul qilinişini bildirgan:
«Ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi 2017/2018 öquv yili uçun Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toşkent viloyatida doimiy yaşayotgan, uşbu viloyat tumanlaridagi ta'lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda Toşkent davlat pedagogika universiteti va boşqa turdoş oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşirib, mazkur ta'lim muassasalariga belgilangan tölov-kontrakt kvotalari doirasida öqişga qabul qilinmagan mos va turdoş ta'lim yönalişlari abituriyentlari hisobidan şakllantiradi».
Soddaroq qilib aytsak, Toşkent viloyatida «propiska»siga ega, şu yil pedagogik ta'lim yönalişida öqiş istagini bildirib, OTMlardan biriga hujjat topşirgan, ammo talaba böliş nasib etmagan yoşlar uçun yana imkoniyat bor. Doimiy yaşaş joyidagi pedagogik xodimlarga bölgan talabga qarab, kiriş natijalarida eng yuqori reytingda kira olmagan abituriyentlar bu imkoniyatdan foydalanişi mumkin.
Çirçiq davlat pedagogika institutiga abituriyentlar imtihonsiz, tölov-kontrakti asosida talabalikka qabul qilinadi.













