Fan-texnika | 18:13 / 15.08.2017
8807
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota yangi sedanni taqdim etdi

Tailandda Toyota’ning yangi sedani Yaris Ativ sotuvlari boshlanmoqda. Model Toyota Vios sedanining qayta ishlangan nusxasidir, u, o‘z navbatida, Yaris hetchi negizida qurilgan bo‘lib, Osiyo bozorlariga mo‘ljallangan (Yevropada boshqa Yaris sotiladi).

Yangilikning uzunligi 4 425 mm, eni – 1 730 mm.ga teng. G‘ildirak bazasining balandligi va hajmi – Vios bilan bir xilda, ya'ni mos ravishda 1 475 va 2 550 mm.

Yaris Ativ quvvati 86 ot kuchi bo‘lgan to‘rt silindrli benzinli 1.2 motori bilan jihozlangan. Uning to‘la to‘plamiga 14 yoki 15 dyuymli disklar, ABS, EBD, yettita xavfsizlik yostiqchasi, 7 dyuymli sensorli ekranga ega multimedia tizimi, orqani ko‘rish kamerasi, kalitsiz ochish va dvigatelni ishga tushirish tizimi, konditsioner kirishi mumkin.

Yangi sedanning narxi taxminan 14 230 dollardan boshlanadi. Yaqinda yangilangan Vios esa 18 461 dollarga tushadi.

Hozircha Yaris Ativ boshqa davlatlarda ham paydo bo‘lishi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid