09:56 / 15.08.2017
15513

O‘zbekistonlik polvonlar Osiyoda ikkinchi o‘rinni egallashdi

IKA va Osiyo–Okeaniya Kurash Konfederatsiyasi taqvim rejasiga asosan joriy yilning 9-13 avgust kunlari Eron Islom Respublikasining Bojnurd shahrida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Kurash federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Musobaqada 20dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan bo‘lib, qizg‘in va murosasiz kechgan bahslardan so‘ng Erkin Qozoqov (-66 kg), Maddiyor Erkinov (-73 kg), Suxrob Egamberdiyev (+100 kg) vazn toifalarida qit'ada tengsiz deb topildi. 81 kg vaznda gilamga chiqqan Bunyod Tursunov finalda mezbonlar vakiliga imkoniyatni boy berib kumush medalga munosib ko‘rildi. Olim Ravshanov murabbiyligi ostida ishtirok etgan 5 nafar o‘zbekistonlik polvon 2ta oltin va 1ta kumush medallar bilan umumiy jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid
Top