22:08 / 15.08.2017
10380

Volkswagen eng kichik krossoveri videosini namoyish qildi

Foto: Volkswagen

Volkswagen kompaniyasi o‘zining eng kichik o‘lchamli krossoveri T-Roc’ning seriyali versiyasining tizerini namoyish qildi. Kompaniyaning Youtube’dagi rasmiy kanalida joylashtirilgan videorolik yangi model dizayni haqida tasavvur beradi.

T-Roc’ning tashqi ko‘rinishi uch yil avval taqdim qilingan shunday nomdagi kontsept-kar ko‘rinishida bajariladi. Bundan tashqari, uning ba'zi elementlari Golf oilasi vakillari va Arteon flagman modelidan olinadi.

MQB A0 modul platformasi negizida quriladigan yangi mashina uzunligi 4,2 metrdan ko‘proqni tashkil qiladi. Mashina yukxonasi hajmi 400 litrga teng bo‘ladi. Krossoverda yorug‘lik-diodli optika, diagonali 10 dyuymli displeyga ega to‘liq raqamlashtirilgan asboblar paneli o‘rnatiladi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, modelning motorlari orasida 1,0 litrdan 1, 8 litrgacha sig‘im, 105 ot kuchidan 190 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘ladigan benzinda ishlovchi dvigatellar va hajmi 106 va 2,0 litrli  va mos ravishda 115 va 150 ot kuchiga ega dizel dvigatellar bo‘ladi. Mashina uzatmalar qutisi 6 pog‘onali “mexanik” yoki 7 diapazonli “robot” ko‘rinishida bo‘ladi. Keyinroq T-Roc’ning 200 ot kuchiga ega benzin motorli versiyasi paydo bo‘ladi.

Volkswagen T-Roc 23 avgustda taqdim qilinadi, uning ilk ommaviy namoyish esa sentabr o‘rtasida Frankfurt avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top