O‘zbekiston | 22:30 / 16.08.2017
10269
2 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atamboyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun O‘zbekiston delegatsiyasining Bishkekka tashrifi davomida o‘tkazilgan ikki mamlakat hukumatlari yig‘ilishi vaqtida ma'lum bo‘lgan.

Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston hukumati rahbari ilk marta Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan kelganini e'tirof etgan.

«O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni Qirg‘iziston zaminida ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Bu mustaqillik yillarida ilk marta O‘zbekiston hukumati rahbari Qirg‘izistonga kelishi bo‘lmoqda.

Bu tashrif prezident Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Sharshenovich Atamboyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida ro‘y berdi», degan u.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyi boshida Ostonada o‘tkazilgan ShHT sammiti vaqtida Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyev bilan uchrashgan va uni O‘zbekistonga taklif qilgandi.

Atambayev o‘tgan yilning 24 dekabrida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgandi.

Mavzuga oid