12:22 / 16.08.2017
6391

«Barselona» va «Real» so‘nggi 5 yilda transferlar uchun 1 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflashdi

Ispaniyaning ikki yetakchisi «Barselona» va «Real» 2013 yildan boshlab yangi futbolchilar uchun qariyb bir xil miqdorda mablag‘ sarflashdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar o‘tgan vaqt mobaynida yangi futbolchilar sotib olish uchun 509,1 million yevro, madridliklar esa 505,7 mln yevro sarflashdi. Jami bo‘lib ikki jamoa 1 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ ishlatishgan.

Bu davrda sotib olingan futbolchilardan «Real»da 13 nafari, jumladan Garet Beyl, Isko, Daniel Karvaxal va Kazemiro kabi futbolchilar hamon to‘p surayotgan bo‘lsa, «Barselona»da bu kabi futbolchilar soni 16 nafarni tashkil qilmoqda.

2013 yildan buyon «Real» YeChLda uch marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir marta Ispaniya chempioni nomini qo‘lga kiritgan. «Barselona» esa bu davrda ikki marta Ispaniya chempioni va bir marta YeChL bosh sovriniga ega chiqqan.

Mavzuga oid
Top