10:18 / 16.08.2017
4063

Britaniya Brexit’dan so‘ng Irlandiya bilan “shaffof” chegarani istamoqda

Buyuk Britaniya hukumati Yevropa ittifoqidan chiqqanidan so‘ng, Irlandiya bilan “shaffof bo‘lmagan” chegaraga qaytish niyatida emas. Bu haqda The Telegraph gazetasi Birlashgan Qirollik hukumati rejalariga asosan yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, rejalar Londonning YeI bilan vaqtinchalik bojxona ittifoqi bo‘yicha taklifi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya chegaralarida Brexit’dan so‘ng alg‘ov-dalg‘ovlikni oldini olishda qo‘l kelishi lozim.

Buyuk Britaniya hukumatining ma'lum qilishicha, butun Britaniya bilan Yevroittifoqdan chiqayotgan Shimoliy Irlandiya bilan chegaradagi “istalgan jismoniy infratuzilmadan” qochish harakatida.

Ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniya Brexit’dan so‘ng 1998 yilgi Belfast kelishuvining barcha bandlariga rioya etish niyatida. U Londonning Shimoliy Irlandiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruvdan voz kechish hamda mintaqadagi hokimiyatni mahalliy o‘zini-o‘zini boshqarish organlariga berishini nazarda tutadi.

Avvalroq britaniyaliklarning 45 foizi Tereza Meyning erta iste'fosini xohlayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top