O‘zbek ayollari haqida so‘z borganda, ularni nafaqat husni, balki aql-zakovati, oilaparvarligi ham alohida e'tirof etiladi. Bo‘lajak uy bekalarining tarbiyasi, odobi go‘zal bo‘lishi bilan bir qatorda ular biron-bir hunarni puxta egallagan bo‘lsa, oilada baraka, totuvlik hukm suradi.

Yurtimizda yoshlarga hunar o‘rgatuvchi o‘quv markazlar juda ko‘p. Lekin ular orasida “Mashhura”ning o‘rni, ta'rifi bo‘lakcha. Ikki yilcha avval, ushbu maskan o‘z faoliyatini to‘xtatibdi, degan mish-mishlar quloqqa chalingan edi.

Chindan ham “Mashhura” o‘quv markazining faoliyati tugatilganmi? Agar bu mish-mish yolg‘on bo‘lsa, u holda “hunar maktabi” o‘zining avvalgi mavqeini qay darajada saqlab qolgan?

Aynan shu savollarga javob olish va eng “yoshi ulug‘” dargohning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Mashhura”ning Toshkentdagi bosh ofisi tashrif buyurishga qaror qildim.

Qarangki, o‘quv markazida dars jarayonlari ayni qizg‘in pallada ekan. “Mashhura” o‘z faoliyatini to‘xtatmay, aksincha, yanada gullab-yashnab, rivojlanib borayotgan ekan.

 

“Mashhura” haqida

O‘quv markaz o‘z faoliyatini 1994 yilda boshlagan bo‘lib, dastavval 5 o‘quv kursi bo‘yicha yoshlarga hunar o‘rgatishdan boshlagan. Bugungi kunda “Mashhura”da 30 yo‘nalish bo‘yicha dars beriladi. O‘quv markazi asoschisi Mashhura Yusupova bichish uslubi bo‘yicha o‘z dasturini yaratib, mualliflik guvohnomasini olgan birinchi tadbirkor ayollardan sanaladi.

 To‘quvchilik

“Mashhura” o‘quv markaziga uyushtirilgan sayohatni to‘quvchilik kursidan boshladik. Yoz oyi bo‘lishiga qaramay, bu mashg‘ulot bilan shug‘ulannayotgan qizlar soni ko‘pchilikni tashkil etib, ular to‘qish san'atining ko‘plab sir-asrorlaridan xabardor bo‘lishmoqda.

Kompyuter saboqlari