08:18 / 16.08.2017
10023

Inesta «Real»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

Foto: Twitter/@barcelona

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta Kataloniya jamoasining Ispaniya superkubogi doirasida «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmadi.

Ko‘k-anorranglilar rasmiy saytining xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi o‘ng soni mushak jarohati tufayli o‘yinda qatnasha olmaydi.

Bellashuvni jarohat tufayli Rafinya Alkantara va Tomas Vermalen ham o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, Arda Turon, Marlon, Serxi Samper, Munir Al-Haddadi va Duglas Pereyra ham ishtirok etmaydi.

«Barselona»ning o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilari: ter Shtegen, Sillessen, Semedu, Pike, Rakitich, Buskets, Denis Suares, Suares, Messi, Maskerano, Deulofeu, Pako Alkaser, Xordi Alba, Din, Serxi Roberto, Andre Gomesh, Aleyks Vidal, Yumtiti, Alenya.

«Barselona» «Kamp Nou» stadionida kechgan ilk bahsda «Real»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi, Inesta esa 68-daqiqada almashtirilgandi.

Javob uchrashuvi Madridda 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yinning boshlanish vaqti – 2:00 (Toshkent vaqti bilan).

Top