07:49 / 16.08.2017
3846

Norvegiyaning 80 yoshli qiroli yelkanli sport bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etmoqda 

Foto: imperor

Joriy yilning fevral oyida 80 yoshini nishonlagan Norvegiya qiroli Xarald V yelkanli sport bo‘yicha jahon chempionatida 8 metrlik R-sinfidagi (8mR) yaxtalar poygasida ishtirok etmoqda. Qirolga tegishli “Sira” poyga yaxtasi va uning shpikerining yoshi ulug‘ligiga qaramasdan, ular yosh ishtirokchilar va zamonaviy yaxtalar uchun ancha xavfli raqiblar hisoblanadi.

Qirol o‘nta regatdan 3 tasi natijasiga ko‘ra musobaqaning 28 ishtirokchisi orasida 6-o‘rinni egallamoqda. Joriy yilda 20 avgustgacha davom etadigan chempionat Norvegiyaning  Xankyo oroli yaqinida o‘tmoqda. Bu orolda esa qirollik oilasining qarorgohlaridan biri joylashgan. E'tiborlisi, 1983 yilgi jahon chempionati Xaralda V’ning otasi qirol Ulaf V’ning 80 yilligiga bag‘ishlangan edi. Qirol Ulaf V bu musobaqalarda “Sira” bortida regatlarda ishtirok etgandi.

Ushbu yaxta 1938 yilda norvegiyalik muhandis Yuxan Anker tomondan o‘shanda hali valiahd shahzoda bo‘lgan Ulaf uchun maxsus qurilgan. Bu yaxta va uning nusxalari hanuzgacha eng mukammal 8 metrlik yaxtalardan hisoblanadi.

Xarald V otasi kabi o‘smirligidanoq ashaddiy yaxtachiga aylangan. U bir necha marotaba nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan, 1987 yilda esa o‘z ekipaji bilan bir tonnalik yaxtalar toifasida jahon chempionatini yutgan. Qirol taxtni egallashidan oldin Norvegiya terma jamoasi tarkibida uchta – 1964, 1968 va 1972 yilgi Olimpiadalarda ishtirok etgan. Uning uchun Myunxen Olimpiadasi ancha muvaffaqiyatli kechgan. Bu o‘yinlarda uning ekipaji 5,5 metrlik R-sinfdagi poygalarda 8-o‘rinni egallagan.

Qirolning otasi Ulafning Olimpiadadagi faoliyati ancha muvaffaqiyatli bo‘lgan. Ulaf 1928 yilgi Olimpiadada 6 metrlik yaxtalar toifasida Olimpiya chempioni bo‘lgan. 

Top