Shvetsiyaning Vermland viloyatida yungi oppoq rangda bo‘lgan los videoga olindi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Shvetsiyada bunday loslardan 100 dan kamroq qolgan, vaholanki mamlakatda loslarning umumiy soni 20 mingga yaqinni tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, bu los albinos hisoblanmaydi, uning oq rangdagi yungi irsiy mutatsiya oqibatida yuzaga kelgan.










