Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining 2011 yil namunasidagi amaldagi biometrik pasporti shaxsni va egasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi, hamda O‘zbekiston hududida foydalaniladi.
O‘zbekiston fuqarolari kirish uchun chiqish vizasini rasmiylashtirishi talab etilmaydigan davlatlar hududiga 2011 yil namunasidagi biometrik pasport orqali 2021 yilning 1 yanvariga qadar kirishi mumkin.
Viza rejimidagi mamlakatga kirish uchun amaldagi biometrik pasportdan undagi xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stikerning muddatiga yakuniga qadar foydalanish mumkin.
Xorijga chiqish uchun biometrik pasportning davlat standarti Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilning 1 dekabriga qadar tasdiqlanadi.











