10:04 / 16.08.2017
6697

Vashingtonda Linkoln memoriali tahqirlandi

Noma'lum vandallar AQSh poytaxti Vashingtondagi eng mashhur diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan Linkoln memorialining ustunlaridan biriga qizil rangda nomaqbul so‘zlar yozib ketishdi. 

AQSh milliy bog‘lari xizmati xodimlari ayni vaqtda ushbu vandallik hujumi oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanishmoqda.  

Ma'lum qilinishicha, vandallar taxminan “Qonun bir tiyin” degan so‘zlarni qo‘pol shaklda yozib ketishgan.

Hozir voqea joyi o‘rab qo‘yilgan, nomaqbul yozuv esa qog‘ozlar bilan yopib chiqilgan.

Vandallarni qidirish ishlari olib borilmoqda, voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlashmoqda.

Linkoln memoriali AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln sharafiga qurilgan. Uning prezidentligi Fuqarolik urushi yillariga (1861-1865) to‘g‘ri kelgan. 1914-1922 yillarda qurilgan memorial Linkolnning  barcha odamlar erkin bo‘lishlari kerakligiga ishonchini ifodalaydi. Memorialga har yili 6 mln dan ko‘proq odam tashrif buyuradi. 

Mavzuga oid
Top