«2020 yildan bizning bo‘lg‘usi 60 foiz sarmoyamiz Afrika tashqarisiga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, bizda muvozanat bo‘lishi mumkin. Fikrimcha, qayta tiklanuvchi energiya manbalari — bu kelajakka tashlangan olg‘a qadamdir. Biz birinchi galda neft kimyo sanoatini ko‘zda tutayapmiz, shu bilan birga, boshqa kompaniyalarga sarmoya kiritishimiz mumkin».
Dangotening boyligi, Bloomberg milliarderlar indeksiga binoan 11,9 mlrd dollardir. Tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda, uning Dangote Group kompaniyasi Afrikaning 18 mamlakatida korxonalarga ega bo‘lib, Osiyo bozoriga ham chiqishni rejalashtirmoqda.











