09:32 / 17.08.2017
5560

Yangiyo‘l tumanida qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 15 avgust kuni o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan o‘tkazilayotgan tadbir davomida, Mirobod tuman IIB tomonidan qidiruv e'lon qilish va ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa” olish haqidagi ajrimiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, tergov idorasidan 2017 yil 31 may kunidan buyon yashirinib yurgan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Choydali qishlog‘ida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan O.F. Yangiyo‘l tuman hududida aniqlanib, ushlandi. 

Top