Buxoro viloyat hokimi ichimlik suvi va bozorlardagi go‘sht ta'minoti yuzasidan bayonot berdi
Bugun Buxoroda «Avliyolar yurti Buxoro: zamonaviy turizm, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish, istiqbolli loyihalarga makon» mavzusida Sayyor Press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Press-klub anjumani mobaynida Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev viloyatdagi suv muammolariga to‘xtalib o‘tdi.
— Barchamizga ma'lumki, viloyatimizdagi yerlarning aksar qismi sho‘rxok yerlar hisoblanadi. Ularni yuvish uchun Amudaryodan nasos stansiyalar yordamida suv chiqarib, foydalanib kelmoqdamiz.
Aholining ichimlik suvlari bilan ta'minlash bo‘yicha muammolar ham bor. Yer osti suvlarimiz iste'molga yaroqsiz. Odamlar iste'mol uchun chuchuk suvni xarid qilishayotganidan xabardormiz. Samarqanddan Damxo‘ja suv stansiyasidan chuchuk ichimlik suvi keltiramiz. Ayni damda viloyatimizdagi har bir aholi punktini ichimlik suvi bilan ta'minlash yuzasidan loyihalar ishlab chiqilmoqda. Xaritalar tayyorlangan. Eng og‘ir hududlar, birinchi navbatda, chuchuk suv bilan ta'minlanadi, — dedi viloyat hokimi.
Press klubga yo‘llangan savollarga javob berar ekan, viloyat hokimi O‘.Barnoyev viloyat bozorlaridagi go‘sht narxiga ham to‘xtalib o‘tdi:
— Bozorlarimizda tovuq go‘shti 23 ming, mol go‘shti esa 25 mingdan sotilishi belgilab qo‘yilgan. Katta bozorlarda hozir kuniga «Elga xizmat» shoxobchalari orqali 25 ming so‘mdan go‘sht sotuvga chiqarilmoqda. Buni tuman markazlarida ham tashkil qilganmiz. Viloyatda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda grafik ishlab chiqqanmiz. Kim, qachon, qayerga go‘sht yetkazib berishi belgilab olingan.
Hokimlik va fermerlar tashabbusi bilan, yil so‘ngiga qadar bozorlarimizda 25 ming so‘mlik go‘sht sotilishida uzilish bo‘lmaydi, — dedi O‘.Barnoyev.
Mavzuga oid
14:38
Buxoroda cho‘ldan saksovul sindirib olib ketayotganlarga 40 mln so‘m jarima qo‘llandi
13:11 / 18.11.2024
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:01 / 09.11.2024