19:11 / 17.08.2017
43232

Dahshatli filmlar qahramonlariga o‘xshash 10 mavjudot (fotojamlanma)

Tabiat dahshatli filmlarda bosh rolni ijro etishi mumkin bo‘lgan g‘aroyib mavjudotlari bilan hayratga solishdan charchamaydi. Don't Panic qo‘rqinchli mavjudotlar o‘nligi fotojamlanmasi bilan bo‘lishdi.

Surinam pipasi

Bu haqiqatdan kimningdir fantaziyasi mahsuliga o‘xshaydi. Surinam pipasi - qo‘rqinchli bo‘lsa-da, real mavjudot. Baqa o‘z avlodini orqasidagi teshikchalarida tashib yuradi.

Qalqontish

Biologlar almikvilar yuz yillar ilgari yo‘qolib ketgan deya taxmin qilishardi. Yaqinda ma'lum bo‘lishicha, qalqontishlar Kuba va Haitida xotirjam yashab kelayotgan ekan, shunchaki ular tungi hayvonlardir. Shu bilan birga, ular tajovuzkor va zaharli hamdir.

Yulduzburun-yumronqoziq

Bu yumronqoziq bemalol o‘zga sayyoraliklar haqidagi fantastik filmlar qahramoni bo‘lishi mumkin. Uning burun sohasida 22 ta harakatlanuvchi o‘simtasi bor, bu esa juda jirkanch ko‘rinadi.

Dengiz iblisi

Dengiz iblisi aslida Venera yoxud Mars sayyorasida paydo bo‘lishi kerakdek go‘yo. Chunki bu mavjudot Yer uchun haddan tashqari qo‘rqinchli!

Burun-maymun

Umuman olganda, bunday burun maymunga kerak ham emas, u faqat bir funksiyani bajaradi: urg‘ochilarni jalb qiladi.

Chuvalchang-baliq

Bu baliqning lotincha nomi — Urechis unicinctus. Uning tashqi ko‘rinishi o‘ta yoqimsizligiga qaramay, bu dengiz chuvalchanglari Koreya va Yaponiyada noyob yegulik hisoblanadi. Ular qum va loyli muhitda yashab, kamdan-kam holatlarda tashqariga chiqadi.

Yalang‘och yer-kavlagich

Bunday "hurliqo"ga mo‘ynali qoplamaning nima keragi bor?! Tishlarini-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Biroq yer-kavlagichlar nima uchundir tabiatga kerak ko‘rinadi. Aks holda, ularning uzoq umr ko‘rishini nima bilan izohlash mumkin?

Tomchi-baliq

U tomchidan ko‘ra ko‘proq balg‘am-baliqqa o‘xshaydi. Ko‘zlar orasidagi masofa va g‘aroyib burun mavjudotni norozi ifodali inson yuziga o‘xshashlikni yuzaga keltiradi.

Ay-Ay

Ay-ay grimni o‘chirib, o‘lja izlashga yo‘l olgan, tepa sochi tikka bo‘lgan masxarabozga o‘xshaydi. Mavjudotning o‘ziga xos jihatlaridan biri - barmoqlarining uzunligida.

Matamata

Matamata — niqoblanish ustasi. Uning bosh va bo‘yin qismi o‘tkir o‘simtalar bilan qoplangan, shu bois bu toshbaqa qo‘rqinchli mutantga o‘xshaydi.

Top