22:25 / 17.08.2017
11008

Yevropa Ligasi guruh bosqichi ishtirokchilari uchun mukofot pullari e'lon qilindi

2017/2018 yillardagi Yevropa Ligasi guruh bosqichining har bir ishtirokchisi mukofot puli sifatida 2,6 mln yevro oladi. Bu haqda UYeFA saytida ma'lum qilindi.

Klublar har bir g‘alaba uchun 360 ming yevrodan qo‘shimcha pul oladilar. Durang natija uchun esa 120 ming yevro berilishi ko‘zda tutilgan. O‘z guruhida 1-o‘rinni egallagan klub yana 600 ming yevro oladi. Pley-off bosqichiga 2-o‘rindan chiqqan klub esa 300 ming yevro bilan taqdirlanadi.

Musobaqada bir klub ishlab olishi mumkin bo‘lgan eng katta mukofoti puli 15,71 mln yevroni tashkil qiladi. Mukofot jamg‘armasining umumiy qiymati esa 399,8 mln yevrodan iborat.

Avvalroq UYeFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ishtirokchilari 12,7 mln yevrodan mukofot puli olishlarini e'lon qilgandi. Musobaqa g‘olibiga 57,2 mln yevro beriladi. Chempionlar ligasining mukofot jamg‘armasi 1,3 mlrd yevroni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top