14:26 / 17.08.2017
21194

Kamqonlikda oziqlanishning uch qoidasi 

Qon tahlilini topshirishga majbur bo‘layotgan bemorlarning eng keng tarqalgan muammosi - past gemoglobin, ya'ni kamqonlik. Ushbu ko‘rsatkichni oshirishning ikki yo‘li bor, deb yozadi "Ortodoks" tibbiy portali. 

Birinchisi, oddiy - muayyan dori preparatlarini qabul qilish. Ikkinchisi, murakkabroq - oziqlanish ratsionini o‘zgartirish va mahsulotlar yordamida gemoglobinni oshirish. 

Ikkinchi variantda rioya qilish kerak bo‘lgan uch qoida mavjud:

1.  Don mahsulotlari va suli yormasi - nonushta. 

2.  Qaynatilgan jigar, tuxum, mol go‘shti, qizil rangdagi sabzavotlar - mukammal tushlik. 

3.  Qaynatilgan yoki bug‘da tayyorlangan baliq, dengiz mahsulotlari, tofu pishlog‘i, qizil rangli mevalar, qora achchiq shokolad - kamqonlikdan aziyat chekuvchilar uchun ayni muddao. 

Top