“Menga halovat yo‘lini ko‘rsating...”. To‘y qilib qarzga botgan ota ulamolarga yuzlandi

Bugunning mavzusi sir emaski, to‘y-hashamlar bilan bog‘liq og‘riqli muammo bo‘lib qoldi. Aslida-ku, bu muammo asrlar muqaddam ko‘tarilgan va uning ayanchli oqibatlari haqida bashorat qilingandi. Ming taassufki, bu oqibatlar bugunga kelib, o‘z aksini chunonam ko‘rsatdiki, davlat rahbari darajasida tilga olindi.
Yaqinda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga bir savol yo‘llanibdi. Uning mazmuni bilan tanishar ekansiz, bir yig‘lagingiz keladi, bir kulgingiz. Emishki, ota bechora o‘g‘lini uylantirish uchun Xalq bankidan kredit olgan. Bugunga kelib, nima qilarini bilmay boshi qotgan. Chunki mavjud tartib-qoidalarga ko‘ra, olingan pul o‘z vaqtida qaytarilishi kerak-da. Xullas, nima qilarini bilmagan ota musulmonlar kengashidan maslahat va yordam so‘rab maktub yo‘llagan. O‘MI fatvo hay'ati esa quyidagi tartibda javob yo‘llagan:
“Ming afsus, shariatdan xabari yo‘q ko‘pchilik insonlar qarzga to‘y qilib, keyin qiynalib yurishadi. Aslida, imkoniyatdan kelib chiqib, kamtarona to‘y qilish va ortiqcha orzu-havasga berilmaslik kerak edi. Qarzdan qutulish uchun ushbu duoni o‘qish ham tavsiya qilingan:
«Qulillaahumma maalikal-mulki tu’til-mulka man tashaa-u va tanzi'ul-mulka mimman tashaau, va tu'izzu man tashaau va tuzillu man tashaa-u biyadikal-xoyru. Innaka 'ala kulli shay’in qodiyr». «Rohmanad-duniya val-oxirati va rohiymahumaa tu'tiy minhumaa man tashaau iqzi 'annii dayniy».
Shu o‘rinda biroz tafakkur qilsak. Bandasi boshiga ish tushmaguncha, musibat bilan qarama-qarshi bo‘lmaguncha barchasiga o‘zi qodir, deb o‘ylab yuradi. Hech qanday nasihat va maslahat unga kor qilmaydi. Ammo ruhiy va jismoniy qiynalib qolgach, alal-oqibat baribir Allohga yuzlanadi. Holbuki Yaratgan Egasi bu muammolarning oldini olish uchun ko‘plab oson yo‘llarni ko‘rsatib qo‘ygan. Buning uchun o‘zni hurmat qilib, qo‘lga kitob olib, “qani bobolar nima degan, olimlar nima degan, hayotiy misollarda nima deyilgan”, deb ma'rifati, ma'naviyatini oshirishi kerak bo‘ladi. Ammo bandasi baribir qiyinini tanlaydi. Shu bilan nafaqat o‘zini, balki yon-atrofdagi o‘zgalarni ham azobga qo‘yadi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
Kun.uz jurnalisti.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident
O‘zbekiston | 17:25
-
“Navoiyuran” London Stock Exchange’da 300 mln dollarlik yevrobond joylashtirdi
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiya Ukrainadagi eng yirik litiy konlaridan birini egalladi – OAV
Jahon | 16:48
-
Qamoqqa olingan shaxsni hibsxonada majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qonun imzolandi
Jahon | 16:33
Mavzuga oid

08:12 / 21.10.2020
Toshkentda karantin qoidalari buzilgan holda o‘tkazilgan to‘y tadbiri tashkilotchisi jarimaga tortildi

14:35 / 18.09.2020
Karantinni buzgan san'atkorlar: Senat qo‘mitasi raisi buni hurmatsizlik deb baholadi, Madaniyat vazirligi bayonot bilan chiqdi

10:40 / 17.09.2020
Haydovchiga besh million, artistga bir million jarima: mantiq qayerda qoldi, qonuniylik-chi?

15:10 / 16.09.2020