Mirziyoyev Qozog‘iston mudofaa vaziri bilan harbiy hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzakovni qabul qildi. Bu haqda Uzbekistan24.uz xabar bergan.
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, mamlakatlar o‘rtasida turli darajadagi aloqalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan ta'kidladi.
Suhbat chog‘ida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatish, jumladan, harbiy ta'lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Qozog‘iston milliy mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ezgu tilaklarini yetkazdi.
Saken Jasuzakov O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi va Qozog‘iston tomoni davlatlarimiz o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024