Jahon | 15:06 / 17.08.2017
11929
1 daqiqa o‘qiladi

Neft qazib chiqarish bo‘yicha qaysi mamlakat yetakchilik qilmoqda?

Joriy yilning iyun oyida Rossiya neft qazib chiqarish bo‘yicha yana bir bor Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi. Bu haqida Joint Organisations Data Initiative (JODI) tashkiloti saytida xabar berildi

Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya - sutkasiga o‘rtacha 10,323 million barrel, Saudiya Arabistoni esa 10,070 barrel neft qazib chiqargan. 

Manbaga ko‘ra, Saudiya neftining eksporti juda past bo‘lgan, u may oyiga nisbatan taxminan 1 foizga pasaygan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, mazkur tendensiya saqlanib qolgan taqdirda, u yil oxiriga borib mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. 

JODI ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2017 yilning yanvar oyida neft qazib chiqarish borasida Saudiyadan o‘zib ketgan va shu kunga qadar o‘z pozitsiyasini saqlab kelmoqda. 

Mavzuga oid