21:55 / 17.08.2017
12161

Rossiya vakili birinchi marta televideniye orqali suriyaliklarga murojaat qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning Suriyada qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi vakili markaz faoliyati davomida ilk marta mahalliy aholiga televideniye orqali murojaat qildi. General-leytenant Sergey Kuralenko mahalliy aholini terrorchilarga birgalikda qarshi turishga chaqirdi. U suriyaliklarga Lataqiyadagi bazadan turib murojaat qilgan. Uning telemurojaati Suriya davlat kanali orqali namoyish qilingan.

Kuralenko suriyaliklarga yuzlanib, aholi bilan birgalikdagi sa'y-harakatlargina “qon-qarindoshlar urushini to‘xtatishga va jafokash Suriyaga uzoq kutilgan tinchlikni qaytarishga imkon berishini” aytgan. Uning aytishicha, Rossiya doimo Suriyani qo‘llab-quvvatlagan, shuning uchun uning Suriyaga bostirib kirgan terrorchilarni yo‘q qilishda yordam berish iltimosiga javob bergan. 

Top