Sayyor Press-klubning Buxoroda «Avliyolar yurti Buxoro: zamonaviy turizm, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlaniş, istiqbolli loyihalarga makon» mavzusida bölib ötgan navbatdagi sessiyasida Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev Buxoro şahridagi obodonçilik va paxta mavsumidagi majburiy mehnat masalalariga töxtaldi.

Şahardagi Mohi Xosa mahallasidagi yöllarning nosozligi va bu xorijlik sayyohlarning ham kelib ketişiga noqulayliklar yaratayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, O‘.Barnoyev şunday dedi:

— Biz bu mahallani şaharning yangi hokimi Karim Kamolov bilan borib kördik, vaziyatni örgandik. 1 oy içida hudud töliq obodlantiriladi. 

Umuman, fursatdan foydalanib, javobga qöşimça tarzda obodonlaştiriş va quriliş işlariga juda katta hajmdagi investitsiyalar yotqizilayotgani qayd etib ötişim kerak. Ilgari Buxoroga tadbirkorlar kelişga qörqişgan. Özim ham köp yillar respublika miyoqsidagi korxonalarda mehnat qilib, Buxoroga birovga bildirmasdan, sekin kelib, sekin çiqib ketar edim. Hozir vaziyat özgargan. Bugun Buxoroning darvozasi, işlayman, obod qilaman degan har qanday tadbirkor uçun oçiq. Agar ular darvozadan siğmasa, devorni buzib kiritamiz Buxoroga, — dedi viloyat hokimi O‘.Barnoyev.

Buxoro viloyatida işlab çiqariş sohasiga investitsiya yotqizgan yoş tadbirkorlardan biriga söz berildi:

— Ayni paytda Buxoro şahrida va Buxoro tumanidagi Galaosiyo şaharçasida logistika markazi (viloyat hokimi uşbu markaz 15 million dollar evaziga bunyod etilayotganini aytib ötdi), issiqxonalar barpo etiş va u uçun uçun anjomlar, plyonka işlab çiqariş zavodini, pestitsidlar işlab çiqaradigan korxonani qurmoqdamiz. Viloyat hokimligining qöllovi yodamida bu işlarga umumiy hisobda 35 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya yotqizilmoqda, — dedi tadbirkor.

Press-klub moderatorining viloyatda paxta yiğim terim mavsumida öqituvçilar va boşqa byudjyet sohasi xodimlarining majburiy mehnatidan foydalaniş masalasi böyiça bergan savoliga O‘.Barnov şunday dedi:

— Avvalo, paxta terimi heç kim uçun majburiy emas. Bu yil dehqonlarimiz ajoyib mehnat qilişgan. Hosilni yiğişda qatnaşiş ixtiyoriy böladi. Tergan paxtasiga pulni öşa kuniyoq oladigan qilamiz. Buxoroning barça joyida ana şu tartib joriy etiladi.