Kun.uz Özbekiston Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov bilan oçiq muloqot ötkazdi. Vazir tahririyat jurnalisti bilan suhbat çoğida Çirçiq pedagogika institutiga qabul qiliş jarayoni haqida ham töxtalib ötdi.

“Çirçiq pedagogika institutining taşkil etilişi jarayoni oliy ta'limga qabul qiliş jarayoni tugagan paytda e'lon qilindi. Buning e'lon qilinişi ham Toşkent viloyatining ehtiyojidan kelib çiqib, prezidentimiz viloyat xalqi bilan uçraşganlarida ana şu qarorni qabul qildi.

Toşkent viloyatida pedagoglarga bölgan ehtiyoj kundan kun ortib borayotgani uçun bu qaror qabul qilindi. Bu yilga 750 ta kvota belgilab berildi. Kimlar bu qabul rejasiga tuşadi? Biz tahlil qilib çiqdik. Toşkent davlat pedagogika universitetiga 7500 nafar Toşkent viloyatida doimiy röyxatda yaşovçilar hujjat topşirgan va Toşkent şahridagi boşqa oliy ta'lim muassasalariga ham hujjat topşirganlar. Bu pedagogika yönalişi bölgani uçun faqat pedagogika va turdoş bölgan yönalişlardagi Toşkent viloyatida doimiy röyxatda turgan, OTMga kira olmagan, minimal balldan yuqori bölgan, tumanlar kesimida Toşkent viloyatining ehtiyojidan kelib çiqilib qabul qilinadi. Biz bu ehtiyojni Davlat test markaziga topşirganmiz. Ya'ni, 750 ta kvotaga tumanlar kesimida, fanlar kesimida raqamlar bilan berganmiz. Davlat test markazi bazadan birinçi galdagi ehtiyojdagi tumanlardan ularni saralab oladi. Bu abituriyentga şaxsan ma'lum qilinadi. Bu jarayon şu hafta boşlanadi”, - deydi Inoyatov.   

Ma'lumot uçun, Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov bilan oçiq muloqotning töliq şakli tez orada saytda taqdim etiladi.