22:31 / 18.08.2017
4906

Dodge Viper superkarlarini ishlab chiqarish kutilmaganda to‘xtatildi

Foto: motor.ru

Fiat Chrysler Automobiles (FCA) alyansi Dodge Viper superkarlarini ishlab chiqishni bexosdan to‘xtatdi. Avvalroq, Detroytning Conner Assembly Plant zavodidagi konveyerni 31 avgust kuni to‘xtatish belgilangan edi. Biroq, so‘nggi avtomobil 17 avgustda yig‘ib bo‘lindi. 

Qayd etish kerak, shu munosabat bilan hech qanday marosim o‘tkazilmagan yoki rasmiy bayonot berilmagan. Faqat kompaniyaning bosh dizayneri Ralf Jil o‘z Instagram sahifasiga qizil tusli so‘nggi avtomobilning konveyer tasmasidagi yig‘ilishiga doir suratlarni joylashtirdi. 

Modelning so‘nggi nusxasi muzeyga yuboriladi. U shu rangdagi ilk avlod yoniidan joy oladi. 

 

A post shared by @ralphgilles on

«Vayper»larni ishlab chiqarish 1995 yilda Conner Assembly Plant zavodida boshlangan edi. Uning so‘nggi avlodi 2012 yilda namoyish etilgan edi. Dastlab superkar SRT brendida sotilgan, ammo oradan bir yil o‘tgach, Dodge timsollariga ega bo‘lgandi.

Dodge Viper kupesi 654 ot kuchiga ega, 8.4 l hajmdagi atmosferali motorga ega. Unga 6 bosqichli MUQ o‘rnatilgan. U 3 soniyada soatiga 96 km (60 mil) tezlikka erishadi. 

Mavzuga oid
Top