Kun.uz muxbiri oliy ta'lim muassasalarida ötkazilgan davlat imtihonida yetarli ball yiğa olmay, qöşimça tölov-kontrakt böyiça öqiş istagini bildirgan abituriyentlar kimga uçraşi, ariza muddatlari böyiça tartibni örganib çiqişga qiziqdi.

«Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalari öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida Nizom»ning 4 ilovasiga köra, qöşimça qabulni amalga oşiriş takliflari oliy ta'lim muassasalari tomonidan böysunuvi böyiça vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda 15 oktabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.

2017/18 yilgi öquv mavsumida öqiş istagini bildirgan, lekin kiriş imtihonlarida yetarli ball töplay olmagan abituriyentlar bir oy muddat içida qöşimça tölov-kontrakti (super kontrakt) asosida öqişini ariza orqali bildirişi lozim. Agar ariza yozilmasa, ustunlik röyxat asosida öqişni rad etgan abituriyentdan quyida bölgan abituriyentga beriladi.

Qöşimça qabulga abituriyentlar 2 xil kategoriya böyiça qabul qilinadi:

Töplagan balli qabul çegaralariga 4 ballgaça yetmagan abituriyentlar;

68 balldan köp töplagan barça abituriyentlar.

Bular bir-biridan qanday farq qiladi?

Eng avvalo ular tölaydigan oşirilgan kontrakt narxida keskin farq böladi. Bundan taşqari töplagan balli qabul çegarasiga 4 ballgaça yetmay qolgan abituriyentlarda kvotaga tuşiş imkoniyati köproq böladi.

Töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt böyiça qabul kvotalari çegarasiga bir ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun – 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun – 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun – 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun – 3,0 barobar.

Kiriş sinovlarida töplagan natijalari eng yuqori ballning 30 foizi (68,0 ball)dan kam bölmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qöşimça örinlarga (4 ballik hudud) qabul qilinmay qolgan va öqiş istagini bildirgan abituriyentlar amalda örnatilgan tölov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oşirilgan tölov-kontrakt miqdorida tölov tölaş şarti bilan öqişga qabul qilinadi.

Bunda, qaysi OTMda oşirilgan tölov-kontrakt miqdori qança bölişini ta'lim yönalişi xususiyatidan kelib çiqib, Davlat komissiyasi belgilaydi. Ya'ni ariza bilan murojaat qilgan abituriyent Davlat kommissiyasining OTMlarda qöşimça kvotalarni belgilagandan söng, keyingi bosqiç böyiça iş körsa böladi. E'tibor qiling, tölov-kontrakti belgilangan qöşimça summadan taşqari pul tölaşni talab qilmaydi.