Bekobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaharning bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, loyihada, «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» hamda «Bekobod sement zavodi» ishchilari uchun arzon uy-joylar qurish ko‘zda tutilgan.

Prezident mazkur uy-joylar atrofida bog‘ va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obektlarini barpo etish — mo‘'jaz shaharcha barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev shaharchani tez va qisqa fursatlarda bunyod etish kerakligini ta'kidlab, unga «Mustaqillikning 27 yilligi massivi» deb nom berishni taklif qildi.