08:40 / 19.08.2017
9493

Tsukerberglar oilasida ikkinchi farzand kutilmoqda

Foto: wmj

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ikkinchi qizi tug‘ilishi munosabati bilan tug‘ruq ta'tiliga ketadi. Bu haqda uning o‘zi Facebook’dagi sahifasida yozgan.

“Tez orada ikkinchi qizimiz dunyoga keladi. Men bola parvarishi bo‘yicha ikki oy ta'til olmoqchiman, bu gal men uni bo‘laklab olish imkoniyatidan foydalanaman. Ta'tilning bir oyini men rafiqam va qizlarim bilan o‘tkazaman, so‘ngra biz dekabrda yana bir oyni birga o‘tkazamiz», deb aytgan Tsukerberg.

Tsukerberg ta'til vaqtida kompaniyani kim boshqarishiga oydinlik kiritmagan. Tsukerberg birinchi bor tug‘ruq ta'tiliga 2015 yil dekabrida birinchi qizi tug‘ilgandan keyin chiqqandi. U bunda bola tug‘ilishidan keyin ota-onaning ishdan vaqtinchalik ketishi oilaga ijobiy ta'sir qilishi haqidagi tadqiqotga amal qilgan. 

Tsukerberg 2012 yil mayida o‘zining ancha yillik sevgilisi Pristsilla Changa uylangan. 2015 yil 2 dekabrda juftlikda Maksima Chan ismli qizaloq dunyoga kelgan. 

2016 yildan boshlab Facebook’ning barcha ishchilari jinsidan qat'iy nazar bola parvarishi bo‘yicha oylik saqlanib qolingan holda 4 oylik ta'tilga chiqishi mumkin qilib belgilangan.

Mavzuga oid
Top