13:30 / 19.08.2017
8168

Hindiston Marlboro ishlab chiqaruvchilarini jazoga tortmoqchi

Foto: Reuters

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Filipp Morris kompaniyasini mamlakatda qabul qilingan anti-tobakko qonun bandlarini buzib kelayotgani va bu harakat davom etsa, rasmiy hukm orqali jazoga tortilishini bildirdi.

Dunyoga mashhur sigaret brendi Marlboro ishlab chiqaruvchilari ayyorona marketing uslubidan foydalanishda, reklama orqali kashandalikni ochiq targ‘ib etish hamda taqiqlangan joylarda erkin savdoga yo‘l qo‘yib berishda ayblanmoqda.

Hozircha kompaniya rasmiylari javob xatini yo‘llamagan, bayonot ham berilmagan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsga sigareta sotgan tadbirkor 1000 rupiya (15 dollar qiymatga teng) miqdoridagi jarimaga tortiladi.

Top