09:25 / 19.08.2017
10312

Life telekanali efirga chiqishni to‘xtatdi

Life telekanali efirga chiqishni to‘xtatgani haqida ma'lum qilib, teletomoshabinlarga yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni taklif etdi.

Bundan avvalroq News Media holdingi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Anatoliy Suleymanov (Life telekanali shu holding tarkibida) RIA Novosti agentligiga Life medialoyihasi bir yil oldin ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasi doirasida yangiliklar efirini kamaytirishi, shuningdek, xodimlar soni qisqarishi haqida ma'lum qilgandi.

"Hurmatli teletomoshabinlar, Life telekanali yangiliklarini endi ijtimoiy tarmoqlarda yoki life.ru saytida kuzatib borishingiz mumkin", — deyilgan kanalning murojaatida.

Top