23:30 / 19.08.2017
26907

Messi ham «Barselona»ni tark etishi mumkin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Angliyaning «Manchester Siti» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchi o‘z vaqtida Kataloniyada o‘ziga ustozlik qilgan Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surishni istamoqda.

Messi iyulning boshida jamoa bilan shartnomasini uzaytirgandi. Unga ko‘ra, futbolchi 2021 yilning yoziga qadar klubda qoladi.

Top