07:43 / 19.08.2017
8820

Oliy liga. «Lokomotiv» g‘alaba qozondi, «Nasaf» «Bunyodkor»ga yutqazdi

Foto: Twitter/@fcnasaf

Oliy liga 18-turining markaziy uchrashuvlaridan biri Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionda bo‘lib o‘tdi. Unda «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida mehmonlar 11 metrlik jarima to‘pi tepish imkoniga ega bo‘lishdi. Otabek Shukurov penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Bu hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmay qoldi va «Nasaf» o‘z uyida ilk marta mag‘lubiyatga uchradi va chempionlik uchun kurashda imkoniyatini pasaytirib yubordi. «Bunyodkor» esa ochkolari sonini 28taga yetkazib olib, «Paxtakor» va «Nasaf» bilan farqni bir ochkogacha qisqartirdi.

Chempionat peshqadami «Lokomotiv» jamoasi esa «Metallurg» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tgan bo‘lsada, rasman bekobodliklar mezbon sifatida ko‘rsatildi. 

Uchrashuvda avvaliga Oleg Zoteyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Marat Bikmayev farqni oshirdi. So‘nggi daqiqalarda bekobodliklar bitta javob golini kiritgan bo‘lsada, mag‘lubiyatdan qutula olmadi. 

Ushbu g‘alabadan keyin «Lokomotiv» hisobidagi ochkolari soni 42taga yetdi va jamoa endilikda eng yaqin ta'qibchisini 12 ochkoga ortda qoldira boshladi.

Oliy Liga, 18-tur

«Nasaf» – «Bunyodkor» 0:1 (0:1). 8517 tomoshabin
Gol:
 Otabek Shukurov (34, penalti).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev (Bobir Abduholiqov, 79), Odiljon Hamrobekov, Shahboz Erkinov (Islom Kenjaboyev, 57), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Sharof Muhitdinov, 70), Umarbek Eshmurodov.
«Bunyodkor»: Suhrobjon Sultonov, Islomjon Qobilov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Vadim Chemirtan, 62), Dostonbek Hamdamov (Xurshid G‘iyosov, 82), Dilshodbek Ahmadaliyev, Shohrux Gadoyev, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 68).
Ogohlantirishlar: Azizjon G‘aniyev (33), Shaxboz Erkinov (43) – Shohrux Gadoyev (19), Javlon Ibrohimov (32), Akramjon Komilov (43), Otabek Shukurov (89).

«Metallurg» – «Lokomotiv» 1:2 (0:1)
Gollar:
 Islombek Isoqjonov (90) — Oleg Zoteyev (38), Marat Bikmayev (52).
«Metallurg»: Zafar Safoyev, Abror Xusinov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘'monov, Murodjon Toshmatov, Zohid Abdullayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovutdinov, Islombek Isoqjonov, Jahongir Abdumo‘minov.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Olabiran Blessing, 88), Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Sanjar Shoahmedov, 67), Islom To‘xtaxo‘jav, Murod Bobojonov (Jaloliddin Masharipov, 65), Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Muhammad Kone.

Top