18:42 / 20.08.2017
8122

Damashqdagi xalqaro ko‘rgazma o‘qqa tutildi, qurbonlar bor

Suriya poytaxti Damashqdagi xalqaro ko‘rgazma hududi raketa yordamida o‘qqa tutilganidan so‘ng to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana kamida to‘rt inson jarohatlandi.

Bu haqda Youm 7 Suriyadagi davlat televideniyesiga asosan xabar berdi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarga raketa snaryadi tushgan.

Ko‘rgazmada 43 davlat, xususan, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya hamda Buyuk Britaniyadan vakillar bor ekani aytilmoqda.

Avvalroq Suriyada “Oq kaskalar” gumanitar tashkilotining 7 xodimi otib tashlangani xabar berilgandi.

Top