Xabarovskda pauerlifting bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni o‘ldirildi

Pauerlifting bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Rossiyaning Xabarovsk shahri markazidagi kafe yonida yuz bergan mushtlashuv tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda Rossiya tergov qo‘mitasining o‘lka bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati.
«2017 yilning 20 avgust kuni soat taxminan 07:00da Xabarovsk markazida joylashgan kafe yonidagi ko‘chada, ushbu kafega kelgan ikki shaxs o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi, uning davomida 1992 yilda tug‘ilgan erkak 1985 yilda tavallud topgan boshqa bir shaxsga bir necha zarbalar bergan. Jabrlanuvchi olingan jarohatlar tufayli shifoxonada vafot etdi», - deyiladi xabarda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘limga bosh miya jarohati sabab bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, qotil voqea joyidan qochib ketgan. Uning shaxsi aniqlandi, qo‘lga olish jarayoni bo‘yicha tezkor qidiruv ishlari olib borilmoqda.
«Shuni alohida ta'kidlash lozimki, halok bo‘lgan shaxs sport bilan professional tarzda shug‘ullangan, pauerlifting bo‘yicha jahon hamda Yevropa chempioni edi», - deya qayd etishgan tergov qo‘mitasidan.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan erkak pauerlifting bo‘yicha jahon hamda Yevropa chempioni bo‘lgan Andrey Drachyovdir.
Avvalroq Baykalda erkin kurash bo‘yicha Yevropa chempioni Yuriy Vlasko o‘ldirilgandi
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi
Jahon | 22:25
-
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
Jamiyat | 22:18
-
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
Jahon | 22:15
-
Rossiyada migrantlarni robotlar bilan almashtirish taklif etildi
Jahon | 21:58
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025