12:20 / 20.08.2017
17149

Olmazor tumanida kelinoyisini urgan qiz qo‘lga olindi

Olmazor tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Olmazor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan kelinoyisini urgan qiz qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Olmazor tumanida 8 avgust kuni, o‘z uyida, 1991 yilda tug‘ilgan, Beruniy ko‘chasida yashovchi M.D. o‘zaro janjal oqibatida, kelinoyisi 1986 yilda tug‘ilgan, shu manzilda yashovchi Q.I.ni urib tan jaroxati yetkazganligi aniqlanib, ushlandi. 

Olmazor tuman IIB tomonidan fuqaro M.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top