18:00 / 20.08.2017
20899

Pauerlifting bo‘yicha jahon chempioni Andrey Drachyovning o‘ldirilishiga oid video paydo bo‘ldi

Pauerlifting bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Andrey Drachyovning o‘ldirishiga oid video paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda RT.

Sportchi 20 avgust kuni Rossiyaning Xabarovsk shahri markazidagi kafeda bo‘lgan. U yerda tashrif buyuruvchilardan biri bilan mojaro kelib chiqqan hamda bu holat mushtlashuvga aylanib ketgan. DVNovosti ma'lumotiga ko‘ra, Drachyov bosh miya jarohatini olgan.

Hodisa kuzatuv kameralari yordamida tasvirga olingan.

Avvalroq Xabarovskda pauerlifting bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni o‘ldirilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top