18 avgust kuni Bekobod shahriga tashrif bilan borgan Prezident Shavkat Mirziyoyev shahar faollari bilan yig‘ilishda so‘zga chiqdi. Yig‘ilishda davlat rahbari monetar siyosatdagi o‘zgarishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Mana, monetar siyosatimizda katta ishlarni boshladik. Valyutamizni ayirboshlash, eng katta narsa – so‘mimizni dunyo bozoriga chiqarish bo‘yicha bo‘layapti, lekin og‘ir bo‘layapti.
Og‘ir bo‘ladi, bu oson ishlar emas. Yetti marta o‘lchab, bir marta kesayotgan ishlar. Orqamizda o‘ttiz uch million xalq turibdi. Bu ertaga nabiralarimizning taqdiri”, - deydi Shavkat Mirziyoyev.








