15:39 / 20.08.2017
5728

Shayxontohur tumanida farzandi uchun aliment pulini to‘lamagan shaxs qo‘lga olindi

Shayxontohur tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Shayxontohur tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan farzandi uchun aliment pulini to‘lamagan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shayxontohur tumanida 19 avgust kuni soat 15.10 da, 1984 yilda tug‘ilgan, Olmazor tumani, Qora Qamish 2/1-dahada yashovchi T.N. bir nafar farzandi uchun, 1988 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi K.Sh.ga jami 9.661.740 so‘m miqdorda aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi aniqlanib, ushlandi.

Shayxontohur tuman IIB tomonidan fuqaro T.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi.1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top