Shavkat Mirziyoyev: «Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash - yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bekobod tumani faollari bilan yig‘ilishda so‘zga chiqib, ayni paytda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati haqida gapirdi.
«Shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda bizning jonajon Vatanimiz o‘z mavqei va o‘rnini topishi, dunyo hamjamiyati bilan munosib aloqalarda bo‘lishi va bunday aloqalarda O‘zbekiston manfaatini o‘z joyiga qo‘yish harakatidamiz.
Chiqarayotgan barcha qonun va qarorlarimiz tagida, zamirida bir narsa — odamlarni rozi qilish, ularning dardini bilish, his qilish mavjud. Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir», — dedi Prezident.
«Shu sababli Toshkent viloyatiga uchinchi marta kelayapman. Nima uchun? Toshkent viloyati mustaqillik yillarida hamma soha bo‘yicha rivojlanishda ortda qolgan, bu kimgadir yoqishi-yoqmasligidan qat'i nazar, tan olinishi kerak, chunki bu — achchiq haqiqat. Lekin shuncha keng imkoniyatlari, yer osti, yer usti boyliklariga, salohiyatli, zabardast mehnatkashlarga ega bo‘lgan viloyatdagi ahvol bugungi zamon talablariga javob bermaydi».
Virutal qabulxonamizga, xalq qabulxonalariga odamlar tomonidan yuborilayotgan ko‘plab masalalarga e'tibor berilsa, kechirasizlaru, boshqa viloyatlarga nisbatan olib qaralganda, oddiy insonlarning muammolari yechilmayotgani ham haqiqat. Mustaqillik yillarida viloyatga ega topilmadi, biror bir barakali hokim boshqaruvga kelmadi, desak ham haqiqat bo‘ladi.
Bilasizlarmi, men ham ikki viloyatning hokimi bo‘lganman. O‘ziga yarasha og‘ir viloyatlar edi. Biroq Vataniga sadoqatini o‘z mehnati bilan ko‘rsataman, shu xalqqa xizmat qilaman, degan vatandoshimiz uchun Toshkent viloyatidagidek imkoniyat, bu yerdagi xalq va salohiyat boshqa joyda yo‘q, desam menga ishoninglar», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi
Jahon | 11:20
-
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi
O‘zbekiston | 11:14
-
Tunis sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 10:42
Mavzuga oid

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

09:13 / 14.02.2025
Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

12:43 / 06.09.2024